Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» A seriyadagi g‘alabali seriyasini 11ta o‘yinga yetkazdi
Italiya chempionatining 21-turida «Yuventus» «Roma»ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda turinliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.
O‘yinning 77-daqiqasida Paulo Dibala tomonidan urilgan gol yakunda Massimilliano Allegri shogirdlariga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, «Yuventus» g‘alabali seriyasini 11ta o‘yinga yetkazdi. Jamoa ayni vaqtda 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va birinchi o‘rindagi «Napoli»ni 2 ochkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.
«Yuventus» oxirgi marta 2015 yilning 28 oktabrida mag‘lub bo‘lgandi. O‘shanda Massimilliano Allegri shogirdlari «Sassuolo»ga 0:1 hisobida yutqazgandi.
Shundan keyin jamoa quyidagi jamoalarni yengdi: «Torino» (2:1), «Empoli» (3:1), «Milan» (1:0), «Palermo» (3:0), «Latsio» (2:0), «Fiorentina» (3:1), «Karpi» (3:2), «Verona» (3:0), «Sampdoriya» (2:1), «Udineze» (4:0) va «Roma».
Italiya chempionati, 21-tur
Yuventus – Roma 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 77 Dibala.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Lixtshtayner (Kuadrado, 66), Xedira, Markizio, Pogba, Evra, Dibala (Morata, 85), Mandjukich.
Roma – Shchensni, Manolas, de Rossi, Ryudiger, Florentsi (Torosidis, 90), Venker (Keyta, 71), Pyanich, Din, Nainggolan, Djyeko, Salax (Umar, 90).
Ogohlantirishlar: de Rossi (9), Ryudiger (14), Mandjukich (50), Pyanich (50), Evra (88), Nainggolan (90).