Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daydi itni asrab olgan makaka Hindiston ijtimoiy tarmoqlarida shovshuvga sabab bo‘ldi
Hindistonning Erod shahri yaqinida istiqomat qiluvchi makaka daydi itni boqib olib, unga g‘amxo‘rlik qila boshlaganidan so‘ng Facebook ijtimoiy tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Foydalanuvchi Sanjay Pandev ijtimoiy tarmoqda jonivorlarning suratlarini e'lon qildi. 26 yanvarga qadar, The Daily Mail nashrining xabar berishicha, suratlarni 170 mingdan ortiq foydalanuvchi ko‘rib ulgurgan.
Aytilishicha, maymun kuchukchani butunlay o‘z himoyasiga olgan. U boshqa daydi itlarni o‘zi asrab qolgan kuchukchadan uzoqqa haydaydi, uni ko‘tarib olgancha shoxdan shoxga sakrab yuradi.

Bundan tashqari, makaka mitti kuchukchaning qornini to‘ydirish uchun unga mevalar taklif qiladi. Odamlar jonivorlarga sut berganida, maymun asrandi bolasini birinchi bo‘lib ovqatlantirib oldi.
“Ularni ko‘rgan odamlar jonivorlar darhaqiqat bir-biriga bog‘lanib qolganini ta'kidlamoqda”, - dedi voqea guvohlaridan biri Sasi Kumar. Uning taxmin qilishicha, muqaddam makakaning bolasi nobud bo‘lgan, shu bois u kuchukchaga g‘amxo‘rlik qilmoqda.