Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurgan viloyatida mehribonlik uyidan qochib ketgan qiz ko‘chada muzlab qoldi
Rossiyaning Kurgan viloyati tergov qo‘mitasi Dalmatov mehribonlik uyining 14 yoshli tarbiyalanuvchisining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda tergov qo‘mitasi saytida ma'lum qilindi.
“2016 yil 26 yanvarda ertalab Dalmatov markaziy tuman shifoxonasida Dalmatov mehribonlik uyini boshqa ikki bola bilan o‘zboshimchalik bilan tark etgan mehribonlik uyining 14 yoshli tarbiyalanuvchisi sovqotishdan halok bo‘ldi”, deyilmoqda xabarda.
Tekshiruv davomida o‘smir qizning o‘limi mehribonlik uyi rahbariyatining o‘z majburiyatlarini tegishlicha bajarmagani oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.
Ta'kidlanishicha, mehribonlik uyining birorta xodimi bolalar qochib ketgandan keyin bu haqda huquq-tartibot muassasalariga xabar bermagan. Ushbu holat yuzasidan “Ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelgan mas'uliyatsizlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.