Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik ayol emizikli bolasini sotgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Moskva viloyatining Dolgoprudniy shahar sudi O‘zbekiston fuqarosi Gulnora Hoshimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha ayblov hukmini chiqardi. Hoshimova Rossiya Jinoyat kodeksining “Odam savdosi” moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni amalga oshirganlikda aybdor deb topildi.
Sudning o‘rnatishicha, Hoshimova 2015 yil 16 oktabrda Dolgoprudniy shahrida o‘zining ikki oylik o‘g‘lini 70 ming rublga sotish paytida qo‘lga olingan. Chaqaloqning sotilishi huquq-tartibot muassasalari xodimlari nazoratida o‘tgan. Ayol pullarni olishi bilanoq hibsga olingan.
Sud Hoshimovaga jazoni umumiy tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida o‘tash sharti bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi.
Ayni vaqtda ayolning bolasi Moskva viloyatidagi shifoxonalardan birida qolmoqda.