Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rajab Adashev tarixiy filmlar nega suratga olinmasligini izohladi
O‘zbekiston Xalq artisti Rajab Adashev O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdi.
Muloqot davomida san'atkor bolalik xotiralari, mustaqillikka erishish davrlari, Zulfiqor Musoqovning "Abdullajon" filmi haqidagi qiziqarli faktlar va jarayonlar to‘g‘risida yosh jurnalistlarga so‘zlab berdi.
Aktyor bugungi kun o‘zbek kinosi yutuq va kamchiliklari to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, “bir lahzalik“ filmlarimizning ekranda tobora ko‘payib borayotgani sababini "hali katta qozonlarda qaynamagan" rejissyorlarning dunyoqarashi bilan bog‘ladi.

Shuningdek, talabalarning milliy tarixiy filmlar kam suratga olinayotganligi haqidagi savoliga Rajab Adashev yetarli mablag‘ ajratilmayotgani va katta mehnat talab etilishi bilan izoh berdi.
Umuman olganda, uchrashuv samimiy ruhi bilan aktyorning boy professional faoliyatiga yana bir bor nazar solish imkonini taqdim etdi.
Mirjahon Yusupov,
O‘zDJTU talabasi.