Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada PlayStation 4 o‘g‘irlashga bo‘lgan urinish mushtlashuv bilan tugadi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 22 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea internetda katta shuhrat qozondi. Uch noma'lum shaxs e'lon bo‘yicha PlayStation 4 sotib kelgan Aleksandr ismli erkakning mulkiga ko‘z olaytirgan.
Uchrashuvga borish oldidan jinoyatchilar o‘zlarining Nissan Teana mashinasidan raqamni yechib olishgan. Konsollarni bolalariga sotib olayotganlarini aytgan erkaklar undan pod'yed oldida kutib turishni so‘rashgan.
20-25 yoshli o‘g‘rilar kelib, sotuvchi gap qotishi bilan uni yerga yiqitib kaltaklay boshlashgan.
Ammo voqea joyiga yaqin yerda ishlayotgan elektriklar shovqinni eshitib, yordamga yetib kelishgan.
Ulardan biri mashinaga sakrab, haydovchini do‘pposlay ketgan, qolganlari esa sotuvchiga hujum qilgan ikki yigitni tepkilagan.
Jinoyatchilar mashinaga o‘tirib qochmoqchi bo‘lishganida Aleksandrning qo‘shnisi Vadim yugurib kelib, mashina kapoti ustiga chiqib olgan old oynani sindirgan.
O‘z navbatida, elektriklar jabrlangan sotuvchi bilan birga mashinaning old eshigini ochishgan va avtomobil qor uyumiga tiqilib qolgan.
O‘g‘rilar mashinadan tushib, “Nima qilyapsizlar? Bu mashina necha pul turishini bilasizlarmi?”, deb so‘rashgan.
“Hozir politsiya kelsa, mashina eslaringdan chiqib ketadi”, - degan jabrlanuvchi. Shunda o‘g‘rilar mashinaga minib, qochib ketishgan.
Voqealarning ko‘p qismi bir qancha kuzatuv kameralariga yozib olingan. Aleksandr jiddiy jarohat olmagan, bundan tashqari, 22 ming rublli konsolni ham saqlab qolgan. Politsiya talonchilarni qidirmoqda.