Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:30 / 26.01.2016
6673
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda bojxonachilar 7 mingdan ortiq pornografik materiallar kontrabandasini to‘xtatib qoldi
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari o‘tgan yil davomida viloyat hududiga pornografik mazmundagi materiallar olib kirishga bo‘lgan 188 urinishni to‘xtatib qolib, jami 7 mingdan ortiq pornografik materiallarni qo‘lga olishdi. Bular orasida disklar, telefonlar, planshetlar va noutbuklar bor.
“Samarkandskiy vestnik” nashrining yozishicha, bu holatlarning 186tasi bo‘yicha aybdorlarga ma'muriy jazo tayinlangan, 2 holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Huquqbuzarlardan 83 mln so‘m miqdorida jarima undirilgan.