Jamiyat | 23:32 / 26.01.2016
9416
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamliklar chaqaloq ko‘rinishidagi noklarga ishqiboz bo‘lib qolishdi

Vetnamda ko‘rinishi chaqaloqlarga o‘xshash bo‘lgan noklar ommalashmoqda. Ularni Xitoyda maxsus shakllarda o‘stirishadi. Tadbirkor mahalliy fermellar noklarni antiqa suvenirlarga aylantirishdi. Bunday nokning bir donasi 13 yuan (2 lollar) turadi, deb xabar bermoqda People's Daily nashri.

Bunday mahsulotlar nafaqat mahalliy aholini, balki Vetnamga kelayotgan sayyohlarni ham o‘ziga tortmoqda. Ayni paytda “bebi-noklar” Vetnamning eng yirik shahri Xo Shi Min bozorlarida eng xaridorgir mahsulot bo‘lmoqda.

Noklar o‘zining antiqa shaklidan tashqari, o‘zining uzoq muddat – 2-3 oygacha saqlanishi bilan ham ajralib turadi. Ehtimol gap ularning upakovkasida ishlatiladigan konservantlarning katta miqdorda bo‘lishidadir. Ko‘pchilik xaridorlar bu noklar omad keltiradi deb hisoblab, uni iste'mol qilishmayapti.

Bu fermerlarning antiqa shakldagi hosillarni yetishtirish bo‘yicha birinchi eksperimenti emas. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, Yaponiyada yurak shaklidagi bodringlar yetishtirilmoqda.