Jahon | 00:12 / 26.01.2016
18836
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin neft narxining qulashi sababini tushuntirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin neftga jahon narxlarining qulashi sababini tushuntirdi. Uning aytishicha, bu neftning me'yoridan ko‘p ishlab chiqarilishi va Xitoy iqtisodiy o‘sishining sekinlashishi bilan bog‘langan. Putin bu haqda “Rossiya 24” telekanali orqali namoyish qilingan “Umumrossiya xalq fronti” forumida aytdi.

“Xitoy – bizning hamkor, ittifoqchi, xitoyliklar bilan do‘stona munosabatlardamiz, biroq afsuski, ularda muammolar mavjud, ularning o‘sish sur'atlari jiddiy aziyat chekmoqda. Neft narxi ham jahon iqtisodiyoti hajmi qisqarayotganiga bog‘liq: neft me'yoridan ortiq ishlab chiqarilishi sababli iqtisodchilar avval o‘ylagan darajadek bugungi iqtisodiyot tomonidan iste'mol qilinmayapti. Bu bugungi kundagi muammolardan biridir”, deb aytdi Putin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish