Jamiyat | 22:20 / 27.01.2016
15598
1 daqiqa o‘qiladi

Oqo‘rda Nazarboyevning norasmiy ko‘rinishdagi suratlarini e'lon qila boshladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot xizmati Oqo‘rdaning instagramdagi rasmiy sahifasida prezidentning norasmiy ko‘rinishi aks etgan surati e'lon qilindi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati "Prezident: Noodatiy rakursdan" nomli risola tartib qilgan va unda Nazarboyevning turli yillarda o‘tkazilgan turli marosimlarda tushgan suratlarini jamlagan. Ulardan ba'zilari matbuot xizmatining instagramdagi sahifasi orqali namoyish qilib boriladi.

Tarmoqqa joylashtirilgan birinchi surat prezident Qozog‘iston xonligining 550 yilligini nishonlash marosimida ishtirok etish uchun Tarozga borganida tushirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish