Jamiyat | 20:41 / 27.01.2016
8015
2 daqiqa o‘qiladi

Bred Pitt: Anjyelinaning ba'zi odatlari g‘azabimni keltiradi

Gollivudning mashhur aktyori Bred Pitt ochiqcha intervyu berdi va unda rafiqasi, aktrisa Anjyelina Joli bilan birgalikdagi turmushi haqida gapirib berdi. Aktyorning tan olishicha, rafiqasining ba'zi odatlari uning achchig‘ini keltiradi.

Juftlikning muhabbati 2004 yilda “Mister va missis Smit” filmining suratga olinishi vaqtida boshlangan. Fevralda ular birga suratga tushgan “Zangori sohil” filmi namoyishga chiqadi. Juftlik filmda o‘zining turmushini saqlab qolish harakatida kurortga yo‘l olgan er-xotin rolini ijro etishgan.

Aktyorning aytishicha, yangi filmda uni oilaviy hayotda achchig‘ini keltiradigan ba'zi real mayda-chuyda narsalar aks etgan.

“Filmda biz o‘zimizning shaxsiy hayotimizdan olgan ko‘plab mayda-chuyda narsalar bor. Misol uchun, hayotda Enji ko‘pincha quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni burnining uchiga tushirib qo‘yadi. Bu mening g‘azabimni keltiradi! Men doimo uni to‘g‘rilab qo‘yaman. Enji juda nozik ssenariy yozdi va uning chiroyi aynan shundadir. Filmda hech qanday global hodisalar yuz bermaydi, film bir juftlik hayoti haqida bo‘lib, uning har daqiqasi haqida gapirib berilgan. Menga turmushning bu lahzalari, mayda detallari ko‘p narsa haqida gapirishi yoqadi”, deb aytdi Bred.

Aktyorning aytishicha, vaqt kelib u rafiqasi oldida iloji boricha ko‘proq bo‘lishni istashini tushunib yetgan.

“Men ulg‘ayganim sari, Enji bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishimizni ko‘proq istayman. Suratga olish maydonchasida barchasi tabiiy ko‘rinish oldi, shikoyat qiladigan narsa yo‘q, chunki rejissyor ham rafiqamning o‘zi bo‘ldi”, deb ta'kidlamoqda Bred.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish