Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida Pinochet rejimi qurbonlarining oilalariga 1.3 mln dollar badal to‘lanadi
Chili oliy sudi hukumatga sobiq diktator Augusto Pinochet rejimi qurbonlarining oilalariga tovon pullari to‘lash haqida ko‘rsatma berdi. La Jornada en Linea nashrining yozishicha, badalning umumiy miqdori 1.3 mln dollarni tashkil qiladi.
Bu summa 1973-1974 yillarda dom-daraksiz ketgan to‘rt kishining oilasiga bo‘lib beriladi. Pulning eng katta qismi – 975 ming dollar Migel va Hilberto Roxaslarning oilalariga to‘lab beradi, ular 1973 yil oktabrida Parral shahri yaqinida o‘g‘irlab ketilgan edi. Bir yildan so‘ng yo‘q bo‘lib qolgan yana ikki muxolifatchining oilalariga 272 va 16 ming dollardan to‘lab beriladi.
1973 yili harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Augusto Pinochet 1990 yildagina hokimiyat fuqarolik hukumatiga topshirdi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Pinochet hukmronligi yillarida Chilida siyosiy sabablarga ko‘ra 3.2 ming kishi o‘ldirilgan, 1.2 ming kishi o‘g‘irlab ketilgan, 28 ming kishi qiynoqqa solingan. Pinochetga qarshi ochilgan ish oxiriga yetmay qoldi, negaki diktator 2006 yilda olamdan o‘tdi.