Jahon | 13:20 / 27.01.2016
17839
1 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon qizini prezident devoni rahbari etib tayinladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qizi Ozoda Rahmonni o‘z devoni rahbari etib tayinladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
“Shu paytgacha Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Ozoda Rahmon prezident devoni rahbari lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarnomada.

U Baxtiyor Xudoyorzodaning o‘rnini egalladi. Xudoyorzoda, o‘z navbatida, parlamentga saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiya rahbarligiga tavsiya qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish