Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:36 / 27.01.2016
2667
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya Adliya vaziri iste'foga chiqdi
Fransiya Adliya vaziri Kristana Tobira iste'fo berdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Fransua Ollandga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Olland vazirning xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, unga kelgusida muvaffaqiyat tilagan.
Qayd etilishicha, vazir o‘z chiqishlarida tez-tez hukumatni tanqid ostiga olib turardi.
Fransiyaning yangi Adliya vaziri etib, Jan-Jan Yurvoas tayinlangan. U joriy hukumat tarafdori ekani aytiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish