Jahon | 18:37 / 27.01.2016
3318
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron kutilmaganda Shvetsiya va Daniyaga tashrifini bekor qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Shvetsiya va Daniyaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bunga Yevropa shimolida tarqalayotgan Zika virusi sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Bu tashrif davomida qirollik bosh vaziri ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari bilan uchrashuvlarda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi masalasida gaplashishi kutilayotgandi. Endi Kemeron Bryusselga boradi va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Zika virusi yoyilmoqda: Amerikaliklardan keyin yevropaliklar ham bu virusga chalinishi boshlandi