Jamiyat | 19:23 / 27.01.2016
4479
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva va Peterburgdagi karantin doirasida 300dan ortiq maktab yopildi

Rossiya poytaxti Moskva shahri hamda eng yirik shaharlardan biri Sankt-Peterburgda gripp xastaligi tufayli yuzaga kelgan karantin holati doirasida 300dan ortiq maktablar yopildi. Bu haqda mamlakat Ta'lim vaziri Dmitriy Livanov ma'lum qilgan.

"Raqamlar doimiy ravishda o‘zgaradi. Hozirda 300-320ta maktab yopiq", deydi vazir.

Bundan oldinroq, Rossiyadagi 47ta tumanda gripp tarqalgani haqida xabar berilgandi.

Moskva viloyatida gripp tarqalgani tufayli maktablar va bog‘chalar yopilmoqda