Jahon | 22:27 / 27.01.2016
2734
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada navbatdagi terakt tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimolida terrorchi hudkush o‘zini portlatishi natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bu voqea Chibok shahrida sodir etilgan. Ma'lum qilinishicha, terrorchilar belbog‘i taqqan ikki qiz mahalliy bozorga kirib kelib, portlovchi qurilmani harakatga keltirishgan.

Bu terakt tufayli 15 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Taxmin qilinishicha, bu terakt ham "Boko Haram" tomonidan sodir etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish