Jamiyat | 11:57 / 27.01.2016
2989
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda mobil aloqaning ro‘yxatdan o‘tmagan abonentlari tarmoqdan uzib qo‘yiladi

2016 yilning 1 fevralidan Qirg‘izistonda mobil aloqaning ro‘yxatdan o‘tmagan abonentlari tarmoqdan uzib qo‘yiladi. Bu haqda hukumat qoshidagi davlat aloqa agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2016 yil 18 yanvar holatiga ko‘ra respublikada 7814743 ko‘chma radiotelefon aloqa abonenti bor. Personifikatsiya jarayonidan esa 7490134 foydalanuvchi o‘tgan bo‘lib, bu abonentlarning 95.85 foizini tashkil qiladi.

Hafta oxiriga qadar abonentlar o‘z raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazib, mobil operatorlar bilan shartnomalar tuza oladi.

SIM-kartalar registratsiyasi bepul o‘tkaziladi. Buning uchun har qanday savdo nuqtasiga shaxsni tasdiqlovchi biror hujjat bilan kelishning o‘zi kifoya. 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning raqamlari ularning qarindoshlari nomiga o‘tkaziladi. Chet el fuqarolari Qirg‘iziston fuqarolari bilan bir xil shartlarda o‘z raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkaza oladi.