Jahon | 13:28 / 27.01.2016
2030
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyaning BMTdagi missiyasi evakuatsiyadan so‘ng ishga qaytdi

Saudiya Arabistonining BMTdagi missiyasi seshanba kuni shubhali yetkazma olganidan so‘ng ishini to‘xtatgan edi. Siyosiy vakolatxona evakuatsiya qilingandi, ammo bir necha soatlardan so‘ng tekshiruv ishlari bitirilib, xodimlar o‘z ish o‘rinlariga qaytdilar.

Pochta bilan yuborilgan yetkazmada hech narsa yo‘q ekan, deb xabar beradi RIA Novosti diplomatik vakolatxonaga tayangan holda.
Xodimlar tezda Nyu-York politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilib, yordam chaqirgan. Politsiya qutini skanerdan o‘tkazib, uning ichi bo‘shligini aniqlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish