Jamiyat | 18:16 / 27.01.2016
2478
1 daqiqa o‘qiladi

Silvestr Stallone Santa-Barbara kinofestivali premiyasi bilan taqdirlanadi

Hollivudning mashhur aktyori Silvestr Stallone Santa-Barbaradagi nufuzli xalqaro kinofestival mukofoti bilan taqdirlanadi. Tanlov ijrochi direktori Rojyer Derlingning so‘zlariga qaraganda, “Krid: Rokki merosi” filmidagi ijrosi uchun aktyor ushbu mukofotga sazovor bo‘ladi.

Ushbu roli uchun artist “Oltin globus” va AQSh kinotanqidchilari premiyasini olishga ulgurdi, shuningdek, uning Oskarga nomzod qilib ko‘rsatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish