Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Qirg‘izistonda 2 mln ta yangi daraxt ekiladi
2016 yilda Qirg‘izistonda turli navdagi 2 mln ta yangi daraxt ekiladi, deb ma'lum qildi Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev.
Sariyevning aytishicha, Qirg‘iziston atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligiga ushbu masalani hokimiyat idoralari bilan ishlab chiqish vazifasi topshirildi. “Bishkek chiroyli va toza, boshqa shaharlarga o‘rnak bo‘ladigan shahar bo‘lishi kerak, axir u poytaxt”, deb aytdi Sariyev.
Bishkek meriyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, Bishkekda daraxtzorlar 4 ming 887 gektar maydonni egallagan. 2015 yilda Bishkekda 6 ming 204 ta ignabargli va yaproqli daraxt navlari ko‘chati, 243 ta buta, 16 mingta ihota o‘simliklari ekilgan. Shu bilan birga 835 ta qurib qolgan va xavf tug‘diruvchi daraxtlar kesib tashlangan.