Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 million bola maktabga bora olmaydi
BMTning Bolalar fondi tomonidan 22 ta davlatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hozirda 24 million nafar bola maktabda saboq olish imkoniyatiga ega emas. Janubiy Sudandagi bolalarning 51 % foizi, Nigeriyada 47 % foizi, Sudanda 41 % foizi ta'lim olish huquqidan mahrum. 40% foizlik ko‘rsatkich bilan Afg‘oniston mazkur ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni band etgan.
“Qurolli to‘qnashuvlar mintaqasida yashovchi bolalar o‘z uylari, oila a'zolari, do‘stlari va xavfsizligidan mosivo bo‘lmoqda. Hatto ular o‘qish va yozishdan, kelajakdan mahrum”,—deydi BMTning Bolalar fondi ta'lim Departamenti boshlig‘i Jo Born.