Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:52 / 28.01.2016
3917
1 daqiqa o‘qiladi
DiKaprio iqlim o‘zgarishini muhokama qilish uchun Rim papasi bilan uchrashdi
Gollivud aktyori Leonardo DiKaprio Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi, deya xabar berdi Newsweek.
Uchrashuv 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Vatikan uchrashuv tafsilotlarini ma'lum qilganicha yo‘q.
Nashrning yodga olishicha, aktyor va pontifikni iqlim o‘zgarishlari birdek tashvishga solmoqda. 2016 yilda DiKaprio Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida ekologiya sohasidagi ishlari uchun maxsus mukofotga sazovor bo‘lgan edi. U o‘z chiqishida neft kompaniyalarining “ochko‘zligi” to‘g‘risida aytib o‘tdi.