Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada ayollar va erkaklar tenghuquqliligini ta'minlash uchun madhiyaning bir qatorini o‘zgartirmoqchi
Kanada milliy madhiyaning “ayollar huquqlarini poymol qiluvchi” qatorini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Qonun loyihasi Liberal partiya deputati Moril Belanjye tomonidan kiritildi.
Hujjatga muvofiq, madhiyaning uchinchi satridagi “o‘g‘lonlarining ijro etayotgan hikoyatlarda haqqoniy vatan sevgisi” so‘zlari “biz ijro etayotgan hikoyatlarda haqqoniy vatan sevgisi” qabilida o‘zgartirilishi lozim.
“Ushbu qonun loyihasi yordamida biz bugun biladigan Kanadani qurish uchun ishlagan va kurashgan barcha ayollarga hurmat izhor qilmoqchiman”, - dedi deputat.