Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyadagi poyafzal kompaniyalari Turkiya bilan aloqalar uzilgani bois qiyinchiliklarga uchramoqda
Rossiyaning turkiyalik ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab kelgan poyafzal kompaniyalari ushbu davlat bilan munosabatlarning buzilishi oqibatida 2016 yili qiynalib qolishdi, deb yozadi “Izvestiya” gazetasi.
Aytilishicha, mamlakatning eng yirik riteylerlari – Zenden, Tervolina, “Yunichel”, “Ekonika” Turkiya poyafzalini, terisini va boshqa detallarni sotib kelgan.
Poyafzal rasman sanksiyalarga tortilmagan bo‘lsa-da, riteylerlar har ehtimolga qarshi yetkazmalarni Xitoy, Ruminiya, Braziliya va boshqa davlatlar yordamida diversifikatsiya qilishdi. Turkiyaga Rossiya bozorining 10 foizi to‘g‘ri kelardi.
Riteylerning ta'kidlashicha, chegaradagi ko‘p hollarda aniq sabablarsiz yetkazmalarni ushlab qolishi kuzatilmoqda. Jumladan, Chelyabinskning “Yunichel” kompaniyasi uzoq vaqtdan beri Turkiyadan kelayotgan oshlangan teri partiyasini chegaradan o‘tkaza olmayapti.