Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimda yangi jamoat qrimtatar radiosi ishga tushdi
“Vetan sedasy” nomli qrimtatar jamoat radiosi Qrimda ishga tushirildi. RIA Novosti agentligining Qrim bosh vaziri Ruslan Balbekka tayanib yozishicha, ayni paytda uning radiodasturlari to‘rt yirik shaharda uzatilishi uchun ruxsatnomalar olingan.
O‘tgan yilning sentabr oyida “Millet” jamoat teleradiokompaniyasi yarim orolda muqobil va raqamli teleuzatishni boshlab yuborgan edi. Ilgari ishlagan ATR telekanali va Meydan radiostansiyalarining faoliyati Rossiya tomonidan Qrimning egallab olinishidan so‘ng RF qonunchiligiga muvofiq qayta ro‘yxatdan o‘tmaganligi bahonasida to‘xtatilgan edi.
Radio “Millet” teleradiokompaniyasining struktur bo‘linmasiga aylantiriladi. Radioefir 1 apreldan ish boshlaydi.