Jahon | 10:23 / 28.01.2016
2272
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya mamlakatdan boshpana ololmagan 80 ming qochqinni deportatsiya qiladi

Shvetsiya hukumati 2015 yili tashrif buyurib, boshpana berilishi bo‘yicha murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan 60-80 ming qochqinni mamlakat hududidan chiqarib yuboradi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Anders Igeman ma'lum qildi.

“Biz 60 ming kishi haqida gapiryapmiz, ammo bu son 80 mingga yetishi mumkin”, - uning so‘zlarini keltiradi AFP agentligi.

2015 yili Shvetsiyaga jami 163 ming qochqin yetib keldi. Ulardan 35 ming nafari asosan afg‘onistonlik o‘smirlardir. Muhojirlarning 20 foizidagina hujjatlar bor edi. Ekspertlarning fikricha, qochqinlar ko‘pincha asl yoshini yashiradi, negaki voyaga yetmaganlarga boshpana berilishi osonroq.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish