Jahon | 18:36 / 28.01.2016
2766
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya iqtisodiyot vaziri korruptsion mojaro tufayli iste'foga chiqdi

Yaponiya iqtisodiyot vaziri Akira Amari payshanba kuni o‘zining iste'fosi haqida e'lon qildi. Bloomberg agentligining qayd etishicha, bu iste'fo u bilan bog‘liq korruptsion mojaro fonida ro‘y berdi.

Joriy haftada Shukan Bonshun nashrida ushbu vazir va uning hamkorlari nomi sir tutilgan qurilish kompaniyasidan 12 mln iyena (100 ming dollar) miqdorida pora olgani haqida maqola bosib chiqarilgandi. Boshqa manbalarga ko‘ra, pora miqdori bir necha o‘n mln iyena bo‘lgan.

Amari chorshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ko‘rsatilgan pullar unga siyosiy faoliyatida ishlatilishi uchun berilgani haqida aytgandi. Vazir bunday mojaro kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygani uchun uzr so‘ragan va barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bildirgan.

Amari vazirlikni 2012 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. U AQSh bilan Trans-Tinch Okeani hamkorligi bo‘yicha muzokaralarda muhim o‘rin tutgandi.

Amari Sindzo Abe hukumati tomonidan kunchiqar mamlakat iqtisodiyotidagi pasayishni bartaraf etish uchun olib borilayotgan “abenomika” siyosatining mualliflaridan biri hisoblanadi.