Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin tumanida yangi "Dashtobod" dehqon bozori foydalanishga topshirildi
Jizzax viloyatining Zomin tumani Dashtobod shahrida yangi dehqon bozori foydalanishga topshirildi. 4,5 gektardan ziyod maydonni egallagan savdo majmuasini barpo etishda 7 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, bozorning to‘rtta pavilonida go‘sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari sotishga mo‘ljallangan 360 savdo rastasi mavjud. Barcha inshootlar toza ichimlik suvi bilan ta'minlanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash ombori, avtomobil to‘xtash joyi qurilgani sotuvchi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratmoqda.
O‘tgan yili Jizzax shahrida uchta yirik bozor majmuasi – “Markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, “Eski shahar buyum bozori” qaytadan qurilgan edi. Ayni paytda tumanlardagi 30 dehqon va buyum bozorini zamonaviy savdo majmualariga aylantirish ishlari davom ettirilmoqda.