Fan-texnika | 15:02 / 29.01.2016
3591
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaliklar tilla MacBook yaratishdi
Britaniyaning gadjyetlarga zeb berish bilan shug‘ullanuvchi Goldgenie kompaniyasi oltin bilan qoplangan iMac va MacBooks modellarini taqdim etdi. Luxurylaunches portalining ma'lum qilishicha, har bir kompyuterga umrbodlik sifat kafolati beriladi. Narxlar 11 ming dollardan boshlanadi.
Goldgenie oltin va qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan noyob sovg‘alar tayyorlashga ixtisoslashgan. Firmaning mahsulotlari ichida gul shaklidagi oltin to‘g‘nag‘ich, qimmatbaho metall bilan qoplangan haykallar va telefonlar bor. 2014 yil dekabrida 24 karat oltin bilan qoplangan velosiped yaratdi. Uning narxi 400 ming dollarni tashkil qildi.