Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chelyabinskda 15ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishi natijasida 30 kishi jabrlandi
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi sirtini muz qoplagan yo‘llardan birida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi va 30 nafar kishi bu avariya jabrlanuvchisiga aylandi. Bu haqda 31tv.ru nashri xabar tarqatgan.
Bu YTH 29 yanvar kuni Moskva-Chelyabinsk trassasida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvda 4ta yuk mashinasi, 9ta yengil avtomobil va 2ta benzovoz ishtirok etgan.
Jarohatlanganlarning ahvoli barqarorligi aytilgan.
YTH ishtirokchilari yo‘lning harakatlanish uchun noqulayligidan shikoyat qilishgan. Ular bu hududga kerakli texnikalar yuborilishi va holat yaxshilanishiga umid qilishgan.
Ayni vaqtda yo‘lning Moskavga olib boruvchi qismi yopib qo‘yilgan. Mashinalar qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi yo‘lga qo‘yilgan.