Jamiyat | 09:34 / 29.01.2016
2098
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada fuqarosi Xitoyda josuslik bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, sud qilinadi

Kanada fuqarosi Kevin Garrat Xitoyda josuslik va maxfiy ma'lumotlar o‘g‘irlashda ayblanib, sud qilinadi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

Kevin Garrat ishi bo‘yicha Dandun (Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin viloyati) prokuraturasi tekshiruv o‘tkazgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari uning Kanada maxsus xizmatlari uchun josuslik qilganini isbotlovchi dalillarni sudga yuborishgan.

Kevin Garrat va uning rafiqasi Juliya 2014 yilning avgustida Xitoy armiyasi hamda mudofaa sohasiga oid maxfiy ma'lumotlarni josuslik yo‘li bilan o‘g‘irlashda ayblanib, qo‘lga olingandi. Juliya Garratning sudga tortilish-tortilmasligi bo‘yicha ma'lumot yo‘q.

Ma'lumot uchun, Dandun shahri Xitoy va KXDR chegarasidagi Yalutszyan daryosi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, ikki davlat aloqalaridagi muhim nuqtalardan biri hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish