Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarskda 2 yil muqaddam yo‘qolib qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida 2014 yildan buyon qarindoshlari tomonidan qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Bu haqda 28 yanvar kuni IIVning mahalliy bo‘linmasi rasmiylari xabar berdi.
24 yanvar kuni politsiyachilar ko‘chada bir erkakni uchratishgan va uning qidirilayotgan shaxsga o‘xshashligini payqashgan. Uni idoraga olib kelib, surishtiruv o‘tkazilganidan so‘ng oilasi tomonidan ikki yildan buyon qidirilayotgan erkak shu ekanligi ma'lum bo‘lgan.
Idora vakili Irina Roslikning so‘zlariga qaraganda, endilikda uni oilasining yoniga yo‘llash rejalashtirilmoqda.