Jamiyat | 16:39 / 29.01.2016
4430
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR mamlakatda Chanel va Christian Dior bozorini kasodga uchratmoqchi

Shimoliy Koreyada jahon darajasidagi kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaradigan Lancome, Chanel va Christian Dior kabi global brendlarga bellashuvga chaqirmoqda, deya xabar berdi UPI Janubiy Koreya OAVga tayangan holda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Pxenyandagi Unhasu kosmetika liniyasini ishlab chiqaradigan fabrikasida raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.

2015 yil fevralida KXD yetakchisi Kim Chen In mamlakatda kipriklar uchun suvga bardoshli tushlarni ishlab chiqarishni talab qilgan edi. U xorij brendlarining tushlari suv bilan aloqaga kirishganida ham barqaror qolishini, Shimoliy Koreya mahsuloti esa bo‘yalib ketib, “yenot ko‘zi” effektini keltirib chiqarishini aytib o‘tgan.