Jamiyat | 15:57 / 29.01.2016
4008
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning qizi prodyuserligidagi film 2016 yilda prokatga chiqariladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ikkinchi qizi Aliya Nazarboyeva homiyligida suratga olingan "Onalikka yo‘l" nomli film joriy yilda prokatga chiqariladi. 

"Film katta ekranlarda namoyish etilishi shu yilning o‘zida ro‘y beradi", deyilgan "Kazaxfilm" kinostudiyasi matbuot xizmati tomonidan.

Bu kartina Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan. Filmni suratga olish ishlari Qozog‘iston, Belarus va Ozarbayjonda amalga oshirilgan. Film rejissyori - Akan Satayev.

Belarusda suratga olingan jang sahnalarida 500ga yaqin kishi hamda 300dan ortiq harbiy texnikadan foydalanilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish