Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oregonda to‘rt fermer qo‘riqxona binosini qo‘lga oldi
AQShning Oregon shtatida fermerlar o‘z noroziligini ifodalash uchun qo‘riqxonaning ma'muriy binosini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
FQBning ma'lum qilishicha, qo‘lga olingan binoda to‘rt kishi bor. Qo‘riqxonadan chiqqan uch fermer esa hibsga olingan. Oregonda isyon ko‘targan qurollangan fermerlar bir necha kundan buyon hukumat kuchlariga qarshilik ko‘rsatmoqda. Ammon Bandi boshchiligidagi guruh iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan fermerlardan iborat bo‘lib, ular davlatning o‘z muammolariga e'tiborsizligi tufayli isyon ko‘targan. Guruh rahbarini qo‘lga olish chog‘ida bo‘lgan otishmada fermerlardan biri o‘ldirildi, Ammon Bandining ukasi Rayan yaralandi.