O‘zbekiston | 22:07 / 29.01.2016
6001
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Erondan sanksiyalar olingandan keyin u orqali tranzitni oshiradi

O‘zbekiston va Eron temir yo‘l boshqarmalari temir yo‘l tashishlarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqdalar, deb ma'lum qildi Sputnik nashriga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdagi manba.

Manbaning aytishicha, ayni vaqtda Toshkentga Eron delegatsiyasi tashrif buyurgan. Bu delegatsiya tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorligi borasida o‘z takliflarini taqdim qiladi.

Erondan sanksiyalarning olinishi O‘zbekiston yuk tashuvchilariga yangi imkoniyatlar ochadi. Bugungi kunda Eronning Bender-Abbos portiga Turkmaniston orqali boriluvchi temir yo‘l koridori O‘zbekistonning dengizga chiqadigan eng qisqa yo‘li hisoblanadi.

O‘zbekistonlik tashuvchilar 320 km masofalik Tejyen–Seraxs–Mashhad temir yo‘l magistralidan faol foydalanadilar. Bu magistral Markaziy Osiyo davlatlari uchun Eron va Turkiya orqali jahon bozoriga chiqish koridori hisoblanadi.

Yaqin yillarda O‘zbekiston va Eron yuk tashishlarni birinchi navbatda o‘zbek paxtasi va o‘g‘itlarni tashish hisobiga ikki barobarga oshirmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish