Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarda 525 ot kuchiga teng superkar yaratilmoqda
Elibriea kompaniyasi Qatarda ishlab chiqarilgan birinchi superkar prototipini namoyish qildi. General Motors`ning quvvati 525 ot kuchiga teng dvigateli o‘rnatilgan kontsept-kar Doxadagi motorshouda taqdim etildi.
Gulf Times xabariga ko‘ra, prototipni yaratish ustida ikki yarim yil ish olib borildi.
Elibriea prototip haqida boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi. Biroq kompaniya rasmiy saytida yangi model Equvallas deb nomlanishi aytib o‘tilgan.
Turkum ishlab chiqariluvchi modelga buyurtmalar 2016 yilning martidan qabul qilina boshlaydi. Savdo namunasi esa joriy yil dekabridan ishlab chiqarilishi lozim.

Ta'kidlash joizki, Livanning W Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Lykan Hypersport kupesi birinchi arab superkariga aylangan. U 2013 yil noyabrida taqdim etilgan. Ikki eshikli superkar 750 ot kuchiga ega bo‘lib, yuz kilometr soat tezlikka chiqishi uchun 2,8 soniya sarflaydi.

