Jamiyat | 00:15 / 30.01.2016
4810
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyorlar Xarrison Ford va Entoni Xopkins maxsus xizmatlar haqidagi filmda suratga tushadilar

Gollivudlik mashhur aktyorlar Xarrison Ford va Entoni Xopkins maxsus xizmatlar haqidagi “Davlat sirlari” deb nomlangan filmda suratga tushadilar, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri. Loyihada, shuningdek, Natali Dormer, Pol Bettani va Martin Frimen ham ishtirok etadilar.

Film real voqealarga asoslangan bo‘lib, u “Urushni to‘xtatmoqchi bo‘lgan josus ayol: Ketrin Gan va Iroqqa kirish uchun ruxsat olish bo‘yicha mahfiy fitna” deb nomlangan kitob asosida suratga olinadi.

O‘z vaqtida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler maxsus xizmat xodimi Ketrin Ganning radioushlashi sababli noqulay holatga tushgan. Gan OAVlarda AQSh maxsus xizmatlari britaniyalik hamkasblaridan BMT telefonlarini tinglashni tashkillashtirishda yordam berishlari so‘ralgan elektron maktub mazmunini oshkor qilgandi. Markaziy razvedka boshqarmasi Iroqdagi urushning boshlanishiga qarshi chiqayotgan davlatlar vakillarini tinglashni so‘ragan.

Ganga davlat sirini oshkor qilgani uchun qamoq jazosi xavf solgan. Biroq fuqarolik huquqlari kurashchisi Jyessi Jyekson, aktyor Shon Penn, “Erkinlik” huquqni himoya qilish guruhi hamda AQShlik kongressmenlar ayolni himoya qilishga tushishgan. Natijada sud Ganni oqlagan.

Aktrisa Natali Dormer Gan, Bettani va Frimen The London Observer xodimlari rolini ijro etadilar. Xopkins esa iste'fodagi britan generali, Ford esa MRB xodimi rolini o‘ynaydi.

Filmni suratga olish ishlari may oyida Buyuk Britaniyada boshlanadi.