Jahon | 18:15 / 30.01.2016
2727
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShga gilamlar eksport qilishni qaytadan boshlaydi

Eronning gilam sanoati boshqarmasi rahbari Hamid Kargar 2016 yilda Eron AQShga gilam eksport qilishni qaytadan boshlashini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Mehr.

“Amerikalik tadbirkorlarning Eron gilamlarini sotib olishga katta qiziqish bildirayotgani Amerika tomoniga yetkazib berish tez orada boshlanishini ko‘rsatmoqda”, - dedi Kargar.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdolarning qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyati Eron yadro dasturi bo‘yicha shartnomaga erishilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Bundan avval esa Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShga Tehron eksport qiladigan mahsulotlar toifasida gilamlar ham mavjud ekanini aytib o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish