Jahon | 21:08 / 30.01.2016
23148
2 daqiqa o‘qiladi

Muhojirlarning Yevropadagi ayanchli qismati

So‘nggi bir yil ichida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada davom etayotgan qurolli mojarolardan panoh istab millionlab qochqinlar Yevropaga yo‘l oldi. Ular o‘zlariga boshpana va farovon hayotni orzu qilib, minglab kilometr masofani kema, poyezd, avtobuslarda yoxud piyoda bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu orada ushbu yo‘lda turli baxtsiz hodisalarga uchrab, hayotdan ko‘z yumayotganlar qancha?

Biroq ming azoblar bilan so‘nggi manzilga yetib kelayotganlar ham orzusidagi hayotni topayotganlari yo‘q. Quyida e'tiboringizga havola etilajak suratlarda ushbu haqiqat yaqqol aksini topgan.

Yuzlab muhojirlar Avstriya chegarasi bo‘ylab Budapeshtdan piyoda yo‘lga chiqishgan

Suriyalik qochqinlar Vengriya janubidagi Serbiya bilan chegaradig Reska aholi punkti yaqinida

Politsiya Bichka shahrida qochqinlar oilasini qo‘lga olmoqchi, Vengriya

Ayol Germaniyaning Dortmund shahri aholisi tomonidan xayr-ehson qilingan buyumlar orasidan oyoq kiyimini qidirmoqda

Noqonuniy muhojirlar Vengriya va Serbiya o‘rtasidagi simli chegara to‘sig‘idan o‘tib olmoqda

Muhojirlar Budapeshtdagi Keleti vokzalida poyezdga kirib olishga urinmoqda

Qochqinlar Avstriya-Vengriya chegarasidagi Nikelsdorf aholi punktida Venaga jo‘natishlarini kutishmoqda

Muhojirlar Budapesht vokzalida mobil telefonlarini quvvatlantirmoqda

Noqonuniy muhojirlar Makedoniya va Gretsiya chegarasida politsiya halqasini yorib o‘tishga harakat qilmoqda

Shu o‘rinda, o‘zining, oila a'zolari va yaqinlarining aziz hayotini saqlash, tinch va xotirjam hayot kechirish maqsadida vatanini tashlab ketishga majbur bo‘layotgan ushbu insonlarga hech bo‘lmaganda ular haqqiga duo qilish bilan yordam beraylik. Shu bilan bir qatorda, tinch va farovon yurtda umrguzoronlik qilayotganimiz uchun Yaratganga shukronalarimizni izhor qilaylik, deb qolamiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish