Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:27 / 31.01.2016
3221
1 daqiqa o‘qiladi
Sloveniyada quyuq tuman 70ta avtomobilning to‘qnashishiga olib keldi
Sloveniya g‘arbidagi A1 magistralida quyuq tuman oqibatida 70tacha avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik avariyalardan biridir, deb xabar beradi mahalliy STA agentligi.
To‘rt kishi halok bo‘lgani, 30 kishi jarohat olgani ma'lum qilinmoqda. YTHda yuk mashinalari va avtobuslar ham zarar ko‘rgan.
Yo‘l yopilgan, voqea joyida favqulodda xizmatlar vakillari ishlamoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish