Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:57 / 01.02.2016
3378
1 daqiqa o‘qiladi
Anonymous xakerlari Yaponiya parlamenti va Moliya vazirligi saytlariga kiberhujum uyushtirdi
Anonymous xalqaro guruhi xakerlari Yaponiya parlamenti va Moliya vazirligi saytlariga uyushtirilgan kiberhujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar bermoqda «Sankey» gazetasi.
Ayni paytda yapon huquqni muhofaza qilish organlari Anonymous`ning mazkur ishga aloqadorligini o‘rganib chiqmoqda.
Ayni paytda parlament va Moliya vazirligi saytlariga kirishda uzilishlar kuzatilmoqda. Bundan avvalroq esa Anonymous xakerlari Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi saytini ham buzishgan edi.