Jahon | 16:54 / 02.02.2016
2477
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada kollektor xodimasining qarzlari sababli bolalar bog‘chasini portlatib yuborish bilan tahdid qildi

Rossiyaning Petrozavodsk shahrida kollektor agentligi ishchisi xodimalardan biri qarzlarini to‘lamay kelayotgani sababli bolalar bog‘chasiga portlovchi uskuna o‘rnatilgani haqida xabar qildi, deya ma'lum qildi FlashNord.

“16.58da Sortavalskiy ko‘chasi 20- uyda (bolalar bog‘chasi) kollektor agentligi xodimi bolalar bog‘chasini portlatib yuborish bilan tahdid solayotgani haqidagi xabar kelib tushdi”, - deyiladi shahar navbatchi-dispecherlik xizmati hisobotida.

Qayd etilishicha, bolalar bog‘chasi evakuatsiya qilingan, hodisa joyiga tezkor guruh va kinolog xizmat iti bilan yuborilgan. Portlovchi qurilma topilmagan.
Politsiya portlatish tahdidi dalili bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish