O‘zbekiston | 17:49 / 09.02.2016
4397
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchisi: O‘zbekistonda majburiy mehnatni bartaraf etish borasidagi ishlardan mamnunmiz

AQSh O‘zbekistonda majburiy mehnat holatlarini bartaraf qilish borasidagi ijobiy natijalardan mamnun. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 9 fevral kuni berilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Spratlen xonim 19 yanvar kuni Vashingtonda o‘tgan O‘zbekiston-AQSh maslahatlashuvlarining 6-raundida ko‘tarilgan ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

“Maslahatlashuvlar ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, - dedi u. – O‘zbekiston vakillari o‘zlarining bilimlari va ekspert fikrlari bilan yaxshi taassurot qoldirishdi. Biz majburiy mehnat holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmoqdamiz. O‘zbekiston hukumati bilan mazkur sohada hamkorlik qilayotganimizdan ruhlanmoqdamiz”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish