Jamiyat | 14:58 / 21.02.2016
3295
1 daqiqa o‘qiladi

Michigandagi otishma qurbonlari soni 7 nafarni tashkil etdi

Amerikaning Michigan shtati shimolidagi Kalamazo shahrida 21 fevral kuni yo‘ldagi mashina ichidan tartibsiz ravishda o‘t ochilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 7 nafarni tashkil qildi. Qurbonlardan biri 14 yoshli qiz bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yana 3 kishi o‘q tegishi natijasida olingan jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan.

Qayd etilishicha, bu jinoyatni sodir etgan shaxs shahar ko‘chasida ketayotgan yo‘lovchilarni o‘qqa tutgan. Politsiya bu jinoyatchini qidirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish