Jahon | 14:27 / 25.02.2016
4552
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya TIV: Kurdlar Suriya bo‘lib tashlanishini istaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, suriyalik kurdlar jangarilar bilan kelishib, Suriyani bo‘lib olmoqchi. Bu haqda vazirga asoslangan holda Anadolu nashri xabar tarqatgan.

Xususan, vazir Suriyadagi "Demokratik ittifoq" va uning qanoti bo‘lmish "O‘zini mudofaa qilish kuchlari" tashkilotlarini IShID va "Jibhat an-Nusra" tashkilotlari qatorida ko‘rish kerakligini qayd etgan.

Uning qayd etishicha, turkiyaliklar Suriyaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va buni ta'minlash uchun siyosiy o‘tish davrida Turkiya Suriyaning birlashtirilishi tarafdori bo‘ladi.

Bundan oldinroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya bilan do‘stlashish haqidagi gapida so‘zlar o‘rnini almashtirish lozimligini aytib o‘tgandi.

"Rossiya Turkiyani deb ikki nafar uchuvchisidan mahrum bo‘ldi", — deb yozgan Mariya Zaxarova o‘zining Facebook’dagi sahifasida.