Jamiyat | 15:01 / 26.02.2016
16057
2 daqiqa o‘qiladi

Jiyanlari uchun hayotga qaytgan 500 kilogrammlik ayol

Amerikalik Mayra Rozalis dunyoning eng semiz insonlari qatoriga kiradi. Ayol 500 kilogrammdan oshiq vaznga ega va mustaqil o‘zi yura olmagani uchun unga turmush o‘rtog‘i g‘amxo‘rlik qilar edi.

Ammo mudhish voqea Mayrani o‘z hayot tarzini o‘zgartirishga majbur qildi.

2008 yilda uning oilasida fojia ro‘y berdi. Ayolning 2 yashar jiyani halok bo‘ldi. Avvaliga, barcha “og‘ir vaznli rekordchi” Mayra jiyanini o‘zining tanasi bilan bosib olgan deb o‘ylashdi va politsiya ham ayolga qarshi hukm chiqardi. Yaqindagina esa asl haqiqat oshkor bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, Mayraning singlisi o‘zining 3 nafar farzandini doimo kaltaklardi. Bolakay esa ana shunday zarbalar ta'sirida vafot etgan. Qotilga aylangan ona qochishga urinadi, biroq qo‘lga tushib, 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi. Mayra yetim qolgan ikki jiyanini taqdir qo‘liga topshirishni istamadi va yagona yo‘l – ozish ekanligini angladi.

Mayrani shifoxonaga olib borish uchun devorlarni buzishga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari ayolda pnevmoniya borligi aniqlandi.

Shifokorlar yordamisiz Mayra bir hafta kuchdan qoldi. Ammo endi unda imkoniyat paydo bo‘ldi. Yil davomidagi qattiq parxez va bir necha operatsiyalar natijasida mo‘jiza sodir bo‘ldi.

Hozirda ayolning vazni 150 kilogrammni tashkil qiladi va odamlarning ko‘magisiz harakatlana oladi.

Umid qilamizki, sobiq “rekordchi” yanada normal ko‘rinishga qaytadi.