17:41 / 27.02.2016
4785

Lui van Gaal Mourinoning «MYu»ga kelishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal mavsum yakunida o‘z o‘rnini Joze Mourino egallashi mumkinligi haqidagi gaplarga munosabat bildirib o‘tdi.

«Mourino bu masala bo‘yicha juda ko‘p gapirdi, turli so‘zlardan foydalandi, lekin u menga qarata biron gap aytishiga hojat yo‘q. Bu juda ahmoqona va kulgili vaziyat.

Men «Manchester Yunayted» bu xabarlarga munosabat bildirishi shart deb hisoblamayman. Men rahbariyat OAV orqali tarqalayotgan va o‘ylab topilgan gaplarga e'tibor qaratishini istamayman.

Biz – klubmiz. Men bu xabarlar haqidagi savollarga javob berib, matbuotga o‘z yolg‘onlarini ko‘pirtirishda yordam bermoqchi emasman. Mening fikrimcha bularning barchasi janjal qo‘zg‘ash maqsadida qilinmoqda», – deydi van Gaal RTL7 efirida.

Top