Jahon | 17:04 / 28.02.2016
3242
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniyning tarafdorlari Erondagi saylovlarda barcha o‘rinlarni band qilishdi

Eronda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Tehrondan parlament uchun ajratilgan barcha 30 o‘rinni amaldagi prezident Hasan Ruhoniyning tarafdorlari band qilishgan. Konservatorlarning yetakchilaridan biri G‘ulom Ali Odil 31 o‘rinni egalladi.


Ta'kidlash joiz, Eronda demokratik partiyalar mavjud emas. U yerda parlament a'zolari fundamentalistlardan va islohotchilardan tanlab olinadi. Parlamentda 290 o‘rin mavjud bo‘lib, ular uchun besh mingdan ortiq nomzod kurashadi. Nomzodlar to‘rt yilga saylanadi.
Bundan tashqari maxsus ekspert hay'ati mavjud bo‘lib unda 88ta diniy xodimlar ishlashadi. Bu hay'at mamlakatda prezident lavozimidan ham ustun bo‘lgan diniy rahnamoni tanlash huquqiga ega.